Super
kalsiy
+magniy

“Super Ca+Mg” tabletkalari o`z tarkibidagi kalsiy va magniy inson hayoti uchun muhim aktiv mineral elementlar bo`lib hisoblanadi. Organizmda (suyaklarda, tishlarda, tirnoqlarda, sochlarda, mushaklarda) kalsiy almashinuvida ishtirok etadi .

Qo'shimcha ma'lumot
papainol
Xususiyatlari:
“Super Ca+Mg” tabletkalari o`z tarkibidagi kalsiy va magniy inson hayoti uchun muhim aktiv mineral elementlar bo`lib hisoblanadi. Organizmda (suyaklarda, tishlarda, tirnoqlarda, sochlarda, mushaklarda) kalsiy almashinuvida ishtirok etadi . Kalsiy nerv o`tkazuvchanligini, mushaklarni qisqarishlari, gormonlarning ishlab chiqarilishini boshqarilishida ishtirok etadi va qon ivishi tizimining komponenti hisoblanadi. Magniy organizmning barcha to`qimalarida buladigan hayotiy muhim element bo`lib, u ko`pchilik modda almashinuvi reaksiyalarida faol ishtirok etadi.Xususan inson organizmidagi nerv impulslarini o'tkazilishini boshqarilishida va mushaklarning qisqarishida ishtirok etadi. Kalsiy ingichka ichakda ionlangan holatda ingichka ichakning proksimal qismida so`riladi. Magniy oshqozon ichak sistemasida yaxshi so`riladi.
Tarkibi:
1 tabletka o'z ichiga: Faol moddalar: Kalsiyning umumiy miqdori 100 mg, magniyning umumiy miqdori (Mg+2) 48mg. Yordamchi moddalar: Kalsiy stearat , saxaroza, kraxmal, mikrokristallik selluloza. Ta'rifi: Oq rangli, silliq, yaltiroq yuzali tabletkalar.
Qo'llanilishi:
Organizmda kalsiy va magniy yetishmovchiligi holatlarida uni o'rnini to`ldirish maqsadida, o`sish davri yoshidagi bolalarda, suyak va tish to`qimalarini yaxshi rivojlanishiga ,homilador va emizikli ayollarda, keksalarda. Yurak qon-tomir tizimi ishini yaxshilashda. Jismoniy, aqliy toliqish, mushaklarning tirishishi, asabiylashish, uyquning biroz buzulishida.
Qo'llash usuli:
Super Kalsiy+Magniy tabletkalari ovqat vaqtida ko'p miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi.Kattalarga 1 tab 2-3 maxal, 3 - 12 yoshgacha bolalarga 1tab 1 maxal yoki shifokor tavsiyasiga ko'ra qabul qilinadi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi. Zarur bo`lganda homiladorlikning har qanday bosqichida shifokor tavsiyasiga ko'ra qo'llash mumkin.
Nojo'ya ta'sirlar:
Juda kam hollarda oshqozon-ichak sistemasida (qorinda og'riq) o'zgarish. Qo'llash mumkin bo`lmagan holatlar: Tarkibdagi komponentlarga nisbatan yuqori ta'sirchanlik .3 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Chiqarish shakli:
30 ,50, 60 tadan tabletkalar polietilen flakonda karton qutida chiqariladi. Dori vositasi emas. BFQ.
Saqlash sharoiti:
Super Kalsiy +Magniy yorug'likdan himoyalangan joyda +25°C dan (namlik 70% dan) yo'qori bo`lmagan haroratda zich yopilgan holatda bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.